Oq uy rahbari bu haqda Floridaga yo‘l olayotganida Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.
"Qo‘shma Shtatlar yaqin orada yadroviy qurol sinovlarini o‘tkazadi, chunki boshqa davlatlar ham bunday sinovlar o‘tkazmoqda", — dedi Tramp.
Shu bilan birga, prezident yadroviy quroldan ozod bo‘lish (denuklearizasiya) masalasida Rossiya va Xitoy bilan uchrashuv o‘tkazishni istashini ta’kidlab, yadroviy qurolsizlanishni bunday qurollar ustidan nazorat sohasidagi eng yaxshi yechim deb atagan. Trampning aytishicha, Rossiya va Xitoy to‘rt-besh yil ichida yadroviy arsenal bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarga yetib olishi mumkin.