AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Vashington Yaponiya iyenasini qo‘llab-quvvatlash uchun valyuta bozoriga aralashganini ma’lum qildi.
Tramp bu chorani «do‘stlik signali» deb atab, u AQSh va jahon iqtisodiyotiga foyda keltirishini ta’kidladi.
Financial Times nashri xabar berishicha, Vashington va Tokio qariyb 30 yil ichida birinchi marta iyenani qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda valyuta intervensiyasini amalga oshirgan.
Bu qadam iyena kursining keskin zaiflashuviga qarshi qaratilgan bo‘lib, AQSh va Yaponiya o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlikning kuchayganini ko‘rsatishi mumkin.