Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh yadroviy sinovlari subkritik bo‘ladi

AQSh yadroviy sinovlari subkritik bo‘ladi

Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurol sinovlarining bir qismi sifatida yadro zanjiri reaksiyasini keltirib chiqarmaydigan subkritik portlashlarni amalga oshirish niyatida.

Bu haqda AQSh energetika departamenti vaziri Kris Rayt Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Biz gapirayotgan sinovlar tizim sinovlaridir. Bu yadro portlashlari emas, aksincha, subkritik portlashlar deb ataladigan narsa bo‘lib, siz yadro qurolining boshqa barcha qismlarini to‘g‘ri geometriya hosil qilishi va yadroviy portlashni boshlashi mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan o‘tkazasiz", dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini zudlik bilan qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 10:30 03.11.2025. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!