Bunga sabab qilib migrantlarni qaytarishdan bosh tortayotgani ko‘rsatilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili Xitoy hukumati mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini ortga qaytarish jarayonini sekinlashtirayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Pekin ushbu masalada hamkorlikni kuchaytirmasa, Vashington viza berishni tez-tez rad etish, viza uchun garov summasini oshirish va chegarada kirishni bloklash kabi cheklovlarni joriy etishga tayyor. Ushbu ogohlantirish prezident Donald Trampning 14–15 may kunlari Pekinga rejalashtirilgan tashrifi va Si Jinpin bilan bo‘ladigan uchrashuvi arafasida ma’lum qilindi.
Hozirgi vaqtda AQShda 100 000 dan ortiq noqonuniy ravishda yashab kelayotgan xitoylik migrant mavjud bo‘lib, ularning 30 000 nafardan ortig‘i bo‘yicha deportasiya qilish haqida yakuniy qaror chiqarilgan. Vashington rasmiylari Pekinni deportasiya qilinadigan shaxslar uchun yo‘l hujjatlarini berishni ataylab kechiktirishda va bu masaladan Qo‘shma Shtatlarga bosim o‘tkazish uchun dastak sifatida foydalanishda ayblamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pekin deportasiya jarayonini AQShga qochib ketgan o‘z siyosiy yoki iqtisodiy jinoyatchilarini topshirish qilish sharti bilan bog‘lashga urinmoqda. Xitoy elchixonasi ushbu vaziyatga hali rasmiy munosabat bildirmagan.
Avvalroq Pekin noqonuniy migrasiyaga qarshi ekanini va bu muammo xalqaro hamkorlik orqali hal etilishi kerakligini ta’kidlagan edi. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, repatriasiya so‘rovlarini bajarishdan bosh tortgan mamlakatlarga nisbatan viza sanksiyalarini qo‘llash huquqiga ega bo‘lib, Ichki xavfsizlik vazirligi Xitoyni muntazam ravishda shunday davlatlar ro‘yxatiga kiritib keladi.