Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Xitoyga nisbatan savdo tekshiruvini vaqtincha to‘xtatdi

AQSh Xitoyga nisbatan savdo tekshiruvini vaqtincha to‘xtatdi

Oq uy ma’muriyati Xitoyga qarshi kemasozlik va yuk tashish bilan bog‘liq savdo tergovini bir yilga to‘xtatdi.

Bu haqda AQSh savdo vakili idorasi bayonotida ma’lum qilingan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, tergovdagi barcha harakatlar 10 noyabr yarim tunda to‘xtatiladi. Tergov 2024 yil aprelida boshlangan va Xitoyning kemasozlik, yuk tashish va logistika sohasidagi “adolasiz amaliyotlari”ga tegishli. AQSh rasmiylari Xitoy ushbu hududlarda "hukmron mavqe"ni qo‘lga kiritishga intilayotganini da’vo qilmoqda.

Bayonotda ta’kidlanganidek, "tergovning to‘xtatilishi AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida Oq uy tomonidan 2025 yil 1 noyabrda e’lon qilingan tarixiy savdo-iqtisodiy kelishuvlardan so‘ng amalga oshirildi”. AQSh Savdo vakili idorasining aniqlik kiritishicha, Amerika tomoni Xitoy rasmiylari bilan “ushbu tergov davomida ko‘tarilgan masalalarni” muhokama qiladi.

“Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirar ekan, Qo‘shma Shtatlar mamlakat ichida va asosiy ittifoqchilari va hamkorlari bilan maslahatlashgan holda Amerika kemasozlik sanoatini jonlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi”, — deyiladi hujjatda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!