Vashington xitoylik eksportchilar uchun bojlarni 245 foizga oshirishi mumkin, deya xabar beradi Oq uy veb-sayti.
Donald Tramp ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, AQSh Prezidenti o‘z harakatlari bilan vaziyatni tenglashtirish va AQSh milliy xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilgan.
Oq uy rahbari 2 aprel kuni boshqa mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga o‘zaro bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Asosiy minimal stavka o‘n foizni tashkil qiladi.
Xitoyga nisbatan yangi bojlar amaldagilarga qo‘shildi va dastlab 54 foizga yetdi. Bunga javoban Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi AQShning barcha tovarlariga 34 foizlik qo‘shimcha tariflar joriy qildi. Keyin ikkala tomon ham bojxona stavkalarini yana bir necha bor ko‘tardi, AQShniki 145 foizga, Xitoyniki esa 125 foizga yetdi, deb xabar beradi ria.ru.