AQSh Xitoydan “Tolibon”ni tan olish bo‘yicha o‘z pozisiyasini aniqlashtirib olishni so‘radi.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Xitoy raisining “Tolibon” elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilishiga javoban, Pekinning “Tolibon”ni tan olish borasidagi pozisiyasi haligacha noaniq ekanini aytdi.
U Xitoy va “Tolibon” o‘rtasidagi mavjud munosabatlar AQShning “Tolibon”ni tan olish borasidagi siyosatini o‘zgartirmasligini yana bir bor ta’kidlab, toliblar tan olinishga sazovor bo‘lish uchun aniq qadamlar qo‘yishi kerakligini ta’kidladi.