Tramp ma’muriyati Xitoydan 800 dollargacha qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni bojxona to‘lovisiz kiritish imkoniyatini bekor qildi.
The New York Times xabar berishicha, mazkur qaror Amerika kompaniyalari va xususiy shaxslar Xitoy tovarlarini ilgari joriy qilingan bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tish uchun faol foydalanib kelgan "imkoniyat"ni to‘liq yopadi.
Avvalgi de minimis qoidasiga ko‘ra, jismoniy shaxslar yoki kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilingan 800 dollargacha qiymatga ega tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirishga ruxsat berilgan edi. Nashrning ta’kidlashicha, yangi o‘zgarishlar Xitoyning materik qismi va Gonkongdan keltirilayotgan tovarlarga taalluqli bo‘ladi. Shuningdek, ushbu choralar boshqa davlatlar orqali yetkazib berilayotgan Xitoy tovarlariga ham qo‘llaniladi. Boshqa mamlakatlardan keltirilayotgan tovarlar uchun esa mazkur qoida hozircha o‘z kuchida qolmoqda.