AQSh Davlat kotibi Marko Rubio vizaga murojaat etuvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda tekshirishni , Isroil yoki AQShga “dushmanlik” ko‘rsatganlarning kirishiga to‘sqinlik qilishni buyurdi. Bu haqda The New York Times gazetasi 25 martdagi ichki telegramma va Davlat departamentidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Talabalar va almashinuv dasturlari ishtirokchilariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq berildi: endilikda shubha tug‘ilsa, ularning arizalari ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini majburiy tekshirish uchun firibgarlikka qarshi kurashish bo‘limiga o‘tkazilishi kerak. Agar xatti-harakatlar “AQSh fuqarolari, madaniyati, institutlari yoki tamoyillariga dushmanlik” deb topilsa, viza rad etilishi mumkin.
300 dan ortiq vizalar, asosan talabalar uchun, bekor qilindi, dedi Rubio. U: “Senga o‘qishing uchun viza beriladi, norozilik bildirishing uchun emas”, dedi.
Ushbu siyosat fonida Qo‘shma Shtatlarda deportasiya holatlari kuzatildi. Xususan, turkiyalik Fulbright olimi Ryumeysa Oztyurk Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qiluvchi maqola chop etganidan so‘ng Massachusets shtatida ICE agentlari tomonidan hibsga olingan edi. Uning advokatlari XAMASga aloqadorligi haqidagi ayblovlar asossiz va uning hibsga olinishi uning siyosiy faolligi bilan bog‘liq, deydi.
Davlat departamenti ichki kabel haqida izoh berishdan bosh tortdi, biroq 2019-yildan beri viza arizalari ijtimoiy tarmoqlardagi profillarga havolalar so‘ralayotganini ta’kidladi.