Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, nashr uning AQSh harbiylarini Ukrainaga yuborish imkoniyati haqidagi bayonotini noto‘g‘ri talqin qilgan.
"WSJ mening so‘zlarimni noto‘g‘ri tushunganining o‘zi bemanilik. Men har doim aytganman: Qo‘shma Shtatlar harbiylari faqatgina milliy manfaatlarimiz va xavfsizligimiz talab etgan holatlardagina harbiy mojarolar hududida bo‘lishi kerak. Bu urush esa faqat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro", — deya yozdi Vens X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq WSJ Vensning intervyusiga tayanib, Vashington Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun iqtisodiy va harbiy bosim vositalaridan foydalanishi mumkinligini yozgan edi.