Bosh vazirlarning tez-tez almashinishi Buyuk Britaniyaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens The Sunday Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Britaniya hukumatining keyingi rahbari saylovchilar yillar davomida siyosiy beqarorlikdan keyin kutgan tarkibiy islohotlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
"Umid qilamanki, Endi Bernem yoki boshqa birov buni uddalay oladi. Kim bosh vazir bo‘lsa, Britaniyani yana o‘z yo‘liga qaytarishi kerak", dedi Vens.
U shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatda hukumatda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. 2022 yil sentyabridan beri bosh vazir lavozimini Liz Trass, Rishi Sunak va Boris Jonsonning o‘rnini egallagan Kir Starmer egallab kelmoqda.