Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Venesuela nefti eksportidan taxminan 13 mlrd dollar yig‘di

AQSh Venesuela nefti eksportidan taxminan 13 mlrd dollar yig‘di

AQSh Venesuela neftidan qariyb $13 mlrd daromad oldi, deb xabar bermoqda Financial Times

Biroq bu mablag‘lar qayerga ketgani haqida juda kam ma’lumot berilgan. Vashington dastlab mablag‘larni Venesuela uchun ishonchli boshqaruvda ushlab turishini aytgan bo‘lsa-da, rasmiylar shundan beri qarama-qarshi tushuntirishlar bermoqda.

Prezident Tramp AQSh neftdan “katta pul ishlayotgani”ni ta’kidlagan bo‘lsa, Davlat departamenti milliardlab dollar mablag‘ qat’iy nazorat ostida Venesuelaga qaytarilganini bildirmoqda. Ochiq manbalarga ko‘ra, rasman faqat 300 mln dollar ochiqlangan, xolos.

Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, Venesuela iqtisodiyotining kutilganidan zaifroq tiklanayotgani neft tushumlarining katta qismi mamlakatga yetib bormaganidan dalolat beradi.

Kiritildi: 13:25 23.07.2026. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!