2 dekabr kuni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini ma’lum qildi.
Siyosatchi bu haqda Facebook tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
Umerov amerikalik hamkasbi bilan “jang maydonidagi hozirgi vaziyat, Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy muammolari va ehtiyojlari”, shuningdek, “2025 yil uchun strategik rejalashtirish” masalalarini muhokama qildi.
“Ramshtayn formatidagi navbatdagi uchrashuvni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi va uning hamkorlari mudofaa salohiyatimizni yanada mustahkamlash va g‘alabani yaqinlashtirishga yordam beradigan yechimlar ustida ishlashda davom etmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Umerov.
Eslatib o‘tamiz, AQSh boshchiligidagi Ramshtayn formati 2022 yil bahorida Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish uchun yaratilgan bo‘lib, tashabbus 50 dan ortiq davlatni birlashtirgan.