Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh va Turkiyadan qidiruvdagi to‘rt nafar shaxs O‘zbekistonga deportasiya qilindi

AQSh va Turkiyadan qidiruvdagi to‘rt nafar shaxs O‘zbekistonga deportasiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha muhim amaliyot o‘tkazdi. Ushbu chora Interpolning Toshkent va Anqara Milliy markaziy byurolari, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek AQSh va Turkiya vakolatli organlari bilan olib borilgan samarali hamkorlik natijasida amalga oshirildi.

O‘zbekiston fuqarolaridan iborat qidiruvdagi shaxslar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Ular bo‘yicha olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida deportasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Amaliyot doirasida AQSh Immigrasiya va bojxona polisiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar shaxs Nyu-Yorkdan Toshkentga, yana ikki nafar shaxs esa Istanbuldan O‘zbekistonga olib kelindi. Qidiruvdagi jinoyatchilar Interpol Milliy markaziy byurosi va hududiy ichki ishlar organlariga topshirilib, keyingi tergov jarayonlari boshlandi.

Kiritildi: 22:35 15.08.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!