Moskva va Vashington o‘rtasidagi sheriklik haqidagi suhbatlar "endi dolzarb emas", deb bayonot berdi AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning Rossiya va Yevroosiyo bo‘yicha sobiq maslahatchisi, AQSh Xalqaro aloqalar kengashi ilmiy xodimi Tomas Grem.
Siyosatshunosning ta’kidlashicha, Rossiya va AQSh yuz yildan ortiq vaqt davomida raqib bo‘lib kelgan, biroq raqobat albatta mojaroni anglatmaydi.
"Biz so‘nggi 120 yil davomida jahon maydonida raqib bo‘ldik va bu o‘zgarmaydi... Menimcha, biz albatta mojaro emas, balki raqobat global muhitning doimiy xususiyati ekanligini tan olishimiz kerak va bu ko‘p qutbli dunyoda ham o‘z kuchida qoladi", — dedi u.
Gremning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbarlarining asosiy vazifasi — yirik davlatlar o‘rtasida urush kelib chiqishidan qochish uchun ushbu raqobatni mas’uliyat bilan boshqarish hisoblanadi.