Eronning Ilam viloyatida AQSh va Isroil hujumlarida halok bo‘lgan 54 kishining jasadlari ustida sud-tibbiy ekspertizalar o‘tkazildi, shundan so‘ng ularni dafn etishga ruxsat berildi.
Bu haqda Khabar Fouri Ilam viloyat sud-tibbiy ekspertizasi departamentiga tayanib xabar berdi.
"O‘lganlarning 10 nafari tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar", deyiladi bayonotda. Shuningdek, o‘lganlarning 49 nafari erkaklar ekanligi ta’kidlangan.