Isroil-AQSh qo‘shma harbiy operasiyasi boshlanganidan beri Eronda halok bo‘lganlar soni 555 kishiga yetdi.
Bu haqda Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati xabar bermoqda.
"Ikki kun oldin boshlangan AQSh va Isroil hujumlari natijasida Eronda jami 555 kishi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar natijasida mamlakat bo‘ylab 131 ta shaharda vayronagarchilik va zarar qayd etilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, oldingi kuni Eronda AQSh va Isroil hujumlari natijasida 201 kishi halok bo‘lgan va 747 kishi yaralangan.