AQSh va Isroilning hujumlari natijasida 28 fevraldan beri 700 dan ortiq eronlik halok bo‘lgan.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonotida aytilgan, uning matni Eron davlat teleradiokompaniyasi tomonidan tarqatilgan.
Avvalroq Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati AQSH-Isroil qo‘shma harbiy operasiyasi boshlanganidan beri 787 kishi halok bo‘lgani, shuningdek, 504 ta nishonga 1039 ta zarba berilgani haqida xabar bergan edi.