Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh va Isroil yaqin kunlarda Eronga zarba berishni qayta boshlashi mumkin

AQSh va Isroil yaqin kunlarda Eronga zarba berishni qayta boshlashi mumkin

AQSh va Isroil yaqin kunlarda Eronga zarba berishni qayta boshlashi mumkin – The New York Times.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Xitoydan qaytib kelganidan so‘ng o‘z maslahatchilaridan harbiy harakatlarni yanada keskinlashtirish bo‘yicha yangi rejalarni qabul qilib olgan. Pentagon aprel oyidagi sulhdan keyin to‘xtatib qo‘yilgan Epic Fury operasiyasini qayta boshlashga hozirlik ko‘rmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset Kongressda Vashingtonning "agar talab etilsa, keskinlashuv bo‘yicha rejasi borligini" ma’lum qildi.

NYT manbalarining ta’kidlashicha, AQSh va Isroil ayni paytda o‘t ochishni to‘xtatishdan keyingi davr ichida Eronga ehtimoliy yangi hujumlar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Gazetaga ko‘ra, Eron harbiy infratuzilmasiga aviazarbalar berishdan tashqari, AQSh maxsus kuchlari ishtirokida operasiya o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda. Xususan, Isfahondagi ob’ektdan yadroviy materiallarni qo‘lga kiritish yoki yo‘q qilishni ko‘zda tutayotgan bo‘lishi mumkin.

Shu maqsadda Qo‘shma Shtatlar mintaqaga bir necha yuzlab maxsus bo‘linma jangchilarini, 50 mingga yaqin harbiyni, ikkita aviatashuvchi guruhni, o‘ndan ortiq qurol-yarog‘ omborini va o‘nlab samolyotlarni joylashtirib ulgurdi. Shu bilan birga, AQSh harbiylari Eron o‘z raketa bazalari va yer osti ob’ektlarining aksariyatiga kirish imkoniyatini tiklab olganini tan olmoqda.

AQSh razvedkasiga ko‘ra, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘ylab joylashgan 33 ta raketa pozisiyasidan 30 tasini yana o‘z nazoratiga qaytargan.Eronda ham ehtimoliy urushning qayta boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytilmoqda. Parlament spikeri G‘olibof mamlakat qurolli kuchlari "barcha zarbalarga tayyor" ekanidan ogohlantirdi va yangi hujum uyushtirilgan taqdirda "kutilmagan sovg‘a" bo‘lishini va’da qildi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 18:08. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!