Isroil va AQShning Eronga havo hujumlaridan so‘ng, Tehron sharqidagi bir nechta hududlar elektrsiz qoldi.
Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Elektr uzilishi, xususan, Piruzi tumani va Eron poytaxtining boshqa sharqiy hududlariga ta’sir ko‘rsatdi. Kommunal xizmatlar kompaniyalari allaqachon elektr energiyasini tiklash ishlarini boshladilar.