28 fevraldan beri AQSh va Isroil samolyotlari qo‘shma operasiya davomida Eronning 18 ta asosiy aviabazasidan 10 tasini ishdan chiqardi.
Bu haqda Isroilning "Alma" mudofaa tadqiqot markazi xabar bermoqda.
Bular qatoriga Tehronning Mehrobod ayeroportida, shuningdek, Tabriz, Shiraz, Konarak, Isfahon, Kermanshoh va Zohedonda joylashgan eng yirik aviabazalar kiradi, bu esa Eronning taktik samolyotlaridan foydalanish qobiliyatini sezilarli darajada pasaytiradi.
Bundan tashqari, asosiy aviabazalardan tashqari, taktik samolyotlar foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘qqizta Eron aerodromi ham nishonga olingan.
Shuni ta’kidlash kerakki, AQSh va Isroil 28 fevraldan beri Eronga qarshi harbiy operasiya o‘tkazib kelmoqda.