Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Isroil Eronga qarshi davom etayotgan hujum bo‘yicha konsensusga yaqinlashmoqda

AQSh va Isroil Eronga qarshi davom etayotgan hujum bo‘yicha konsensusga yaqinlashmoqda

Binyamin Netanyaxu va Jo Bayden o‘rtasidagi chorshanba kungi telefon suhbatidan so‘ng AQSh va Isroil Yaqin Sharqdagi strategik masalalar bo‘yicha konsensusga erishdi. Bu haqda The Times of Israel nashriga vaziyatdan xabardor isroillik manba xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Isroilning Eronga qarshi kurashish rejasi muhokama qilingan telefon suhbati - AQSh va Isroil rasmiylari o‘rtasida muzokaralarining yakuni bo‘ldi, u Tehronning 1 oktyabr kuni ballistik raketa hujumidan beri davom etayotgan edi.

Biroq, Oq uy Bayden va Netanyaxu o‘rtasidagi telefon suhbati haqidagi hisobotida Isroil zarbasi ehtimoli muhokama qilinganmi yoki yo‘qligini aytmadi. Shuningdek, Baydenning Isroil xavfsizligi bo‘yicha qat’iy pozisiyasini tasdiqlar ekan, u “1 oktyabr kuni Eronning Isroilga hujumini qoraladi” deb aytish bilan cheklandi.

Manbaning aytishicha, bu muzokaralar yaqin kunlarda davom etadi va Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant kelgusi hafta Pentagonda AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Shu hafta Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gallantning Vashingtonga rejalashtirilgan safarini so‘nggi daqiqada bekor qildi va avval Bayden bilan Isroil Eronga qarshi nimalar qilishi haqida gaplashishini ta’kidladi.

Axios iqtibos keltirgan amerikalik rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden va Netanyaxu suhbat davomida “Isroilning Eronga qarshi rejalashtirilgan javob choralari ko‘lamini tushunishga yaqinroq bo‘lishdi”. Shu bilan birga, nashr iqtibos keltirgan isroillik rasmiyning aytishicha, AQSh hamon Isroilning rejalarini juda agressiv deb hisoblaydi.

Kiritildi: 20:58 13.10.2024. O'qildi: 3547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!