Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh va Eron yangi kelishuv bo‘yicha muzokara olib bormoqda: tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

AQSh va Eron yangi kelishuv bo‘yicha muzokara olib bormoqda: tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Al Arabiya telekanali AQSh va Eron o‘rtasidagi yangi ehtimoliy kelishuv bandlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, barcha frontlarda o‘t ochishni to‘xtatish, kemalar qatnovi erkinligini ta’minlash va AQSh sanksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, kelishuvda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish hamda ichki ishlarga aralashmaslik;

  • Ikki davlat o‘rtasidagi axborot urushini to‘xtatish;

  • Harbiy, fuqarolik yoki iqtisodiy infratuzilmaga zarba bermaslik bo‘yicha o‘zaro majburiyat;

  • Majburiyatlarning bajarilishini kuzatish va nizolarni hal qilish uchun qo‘shma mexanizm yaratish.

Hozirgi vaqtda loyiha har ikki tomondan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:46. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!