Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Gresiya Ukrainadan uzr so‘rashni talab qildi

Gresiya Ukrainadan uzr so‘rashni talab qildi

Gresiya mudofaa vaziri Nikos Dendias Ukrainadan mamlakat qirg‘oqlari yaqinida topilgan dengiz dronlari uchun rasman uzr so‘rashni talab qildi.

“Bu Ukraina dengiz flotiga tegishli dron ekaniga hech qanday shubha yo‘q. Biz uning qaysi turga mansubligini va qayerda ishlab chiqarilganini bilamiz. Ukraina bizdan samimiy uzr so‘rashi, shuningdek, bunday holat boshqa takrorlanmasligiga yuz foiz kafolat berishi kerak”, — degan Nikos Dendias.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, vazir bayonot vaqtida g‘azabini zo‘rg‘a tiyib turgan.

Uning ta’kidlashicha, agar dron bilan bir yo‘nalishda harakatlangan kruiz kemasi u bilan to‘qnashganida, oqibatlar juda og‘ir bo‘lishi mumkin edi.

“Qanday qilib kimdir harbiy harakatlar hududidan tashqarida bo‘lgan begunoh insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin? Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, — deya xulosa qildi Gresiya mudofaa vaziri.

Kiritildi: Bugun 21:16. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!