Qo‘shma Shtatlar va Tehron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha cheklangan va vaqtinchalik kelishuvga erishish arafasida turibdi. Payshanba kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, taklif etilayotgan reja keng qamrovli tinchlik shartnomasi emas, balki qisqa muddatli memorandumga asoslangan.
Hujjat loyihasi urushni tugatishni ko‘zda tutadi, ammo yadroviy dastur kabi eng bahsli masalalarni ochiq qoldirgan.
Kelishuv uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda:
– Urushni rasman yakunlash;
– Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqirozni hal qilish va kengroq kelishuv bo‘yicha 30 kunlik muzokaralarni boshlash.
Ushbu yangilik fonida jahon bozorlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish tiklanishiga bo‘lgan umid tufayli neft narxi pasaydi, fond bozorlari esa rekord darajada ko‘tarildi.
Pokistonlik vositachilarning so‘zlariga ko‘ra, urushni tugatuvchi bir sahifalik memorandum imzolanishga juda yaqin qoldi, deyiladi xabarda.