AQSh vise-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va amerikalik muzokarachi Jared Kushner allaqachon Shveysariyaga yetib borgan. U muzokaralarga o‘zi ham qo‘shilishi mumkinligini istisno etmadi.
Vashington va Tehron o‘rtasidagi vositachi mamlakat — Pokiston Tashqi ishlar vazirligi texnik maslahatlashuvlar 21 iyun kuni Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tishi kerakligini ma’lum qildi. Muzokaralarda Qatar va Pokiston vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq AQSh va Eron delegasiyalarining uchrashuvi dastlab 19 iyunga belgilangan edi.