Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Eron o‘rtasidagi hujumlar to‘xtagach, neft narxlari pasaydi — Associated Press

AQSh va Eron o‘rtasidagi hujumlar to‘xtagach, neft narxlari pasaydi — Associated Press



Nashrning yozishicha, kecha, dastlabki savdolarda Brent markali neft narxi 4,9 foizga arzonlab, bir barrel uchun 92,02 dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi va keng ko‘lamli urush ehtimoli sababli neft narxlari keskin oshgan edi. O‘tgan hafta Brent markali neft narxi qisqa muddatga 102 dollargacha ko‘tarilib, may oyidan beri eng yuqori darajaga yetgan.

Tahlilchilarni esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat xavotirga solgan. Mazkur hudud orqali dunyo neftining qariyb beshdan bir qismi tashiladi. Harbiy to‘qnashuvlar sabab tankerlar harakati cheklangani global neft ta’minotiga xavf tug‘dirgan.

Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar muqobil yo‘nalishlarni izlayotgan bo‘lsa-da, mintaqadagi xavfsizlik muammolari saqlanib qolmoqda. Xususan, o‘tgan hafta Saudiya Arabistoni neftini tashiyotgan ayrim tankerlar Qizil dengiz hududida Yaman husiylari tomonidan hujumlarga uchragan.

Kiritildi: 19:24 27.07.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!