Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Eron uchinchi kun ketma-ket havo hujumlarini to‘xtatdi

AQSh va Eron uchinchi kun ketma-ket havo hujumlarini to‘xtatdi

AQSh va Eron ketma-ket uchinchi kun davomida bir-biriga qarshi havo hujumlarini amalga oshirmadi. Tomonlar mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini saqlab qolishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

AQShning BMTdagi elchisi Mayk Uoltsning aytishicha, prezident Donald Tramp diplomatiya uchun vaqt va imkoniyat bermoqda. Shu bilan birga, u Yaqin Sharqqa qo‘shimcha AQSh harbiy kuchlari joylashtirilayotganini va barcha variantlar hali ham ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.

Eron harbiylari ham mintaqadagi «javob operasiyalari» vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Bu tanaffus AQShning Eronga qarshi 13 kun davom etgan havo hujumlaridan keyin kuzatildi. Vashington bu amaliyotlar Hurmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga tahdid solish imkoniyatini cheklashga qaratilganini bildirgan.

Hurmuz bo‘g‘ozi ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikning asosiy nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Ilgari erishilgan anglashuvga ko‘ra, Eron bo‘g‘ozni ochiq saqlash va yadroviy qurol yaratmaslik majburiyatini olgan, AQSh esa dengiz blokadasi va ayrim sanksiyalarni bekor qilishga va’da bergan edi. Biroq keyinchalik Hurmuz bo‘g‘ozidagi hujumlar tufayli kelishuv izdan chiqqan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi blokadani chetlab o‘tishga uringan bir nechta tijorat kemalariga nisbatan choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Eron va Ukraina o‘rtasida ham keskinlik kuchaydi. Tehron Kaspiy dengizida Eron kemasiga qilingan hujumda Ukrainani ayblab, bu harakat javobsiz qolmasligini bildirdi. Eron rasmiylari mamlakatga qarshi har qanday hujumga munosib javob qaytarilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:52 27.07.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!