Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolarini Livandan evakuasiya qilmoqda

 AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolarini Livandan evakuasiya qilmoqda

AQShning Bayrutdagi elchixonasi amerikaliklarni har qanday transport vositasida zudlik bilan Livanni tark etishga chaqirdi. Rasmiylar fuqarolarga «reys zudlik bilan uchmasa yoki ular tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bo‘lmasa ham, o‘zlarida mavjud bo‘lgan har qanday chiptani bron qilishni» tavsiya qiladi.

Mamlakatda qolgan amerikaliklar uchun elchixona «favqulodda vaziyatlar rejalarini tayyorlashni va uzoq vaqt davomida o‘z joyida boshpana olishga tayyor bo‘lishni» maslahat beradi.

Britaniya ham o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirib, «mamlakatdagi vaziyat tezda yomonlashishi mumkinligidan» ogohlantirdi.

Evakuasiyaga Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi sabab bo‘lgan. Ketma-ket o‘zaro zarbalar va har ikki tomonning yuqori martabali amaldorlarining o‘limidan so‘ng mintaqadagi taranglik juda muhim darajaga yetdi.

O‘tgan hafta Isroil «Hizbulloh» qo‘mondoni Fuad Shukrni, bir kundan keyin esa Xamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirgan. Shia harakati o‘z kuchlarini «yuqori shay holatga keltirdi», Eron esa Isroilga «qattiq jazo» berilishini va’da qildi.

Mojaroning avj olish xavfi ortib borayotgan bir paytda, Ozarbayjon, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston va Belarus kabi qator davlatlar ham o‘z fuqarolariga Livanga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi.

Kiritildi: 02:43 04.08.2024. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!