AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini to‘rt nafar jismoniy shaxs va uchta tashkilot bilan kengaytirdi. Bu haqda Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) xabarida aytiladi.
Ro‘yxatga Rossiya fuqarolari Sergey Zelenyuk, Oleg Kucherov va Marina Vasanovich, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Mamashoyev kiritilgan.
Shuningdek, BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Advance Security Solutions (Azizjon Mamashoyevga tegishli) va Special Technology Services LLC FZ kompaniyalari, shuningdek, Rossiyaning MATRIX LLC kompaniyasiga nisbatan cheklovlar joriy qildi.
Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Azizjon Mamashoyev rossiyalik xakerlar Oleg Kucherov va Sergey Zelenyuk bilan birgalikda AQSh kiberxavfsizligiga qarshi qaratilgan operasiyalarda, shuningdek, “eksploytlar” — dasturiy ta’minot zaifliklari savdosida ishtirok etgan.