Amerika Qo‘shma Shtatlari 5 aprel kuni o‘z harbiy-dengiz floti tarkibiga Virginia Block IV toifadagi yangi USS Iowa (SSN 797) atom suvosti kemasini qabul qilib oldi, deb xabar berdi Fox News.
Marosim Konnektikut shtati Nyu-London shahridagi harbiy-dengiz bazasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu toifadagi suv osti kemalari 1600 km masofaga uchadigan 12 ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan.
Atom suv osti kemasining uzunligi 115 metr, kengligi 10 metr. U 240 metrdan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘iydi va 25 uzeldan yuqori tezlikka erisha oladi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari hozir Virginia sinfidagi va turli modifikasiyadagi 23 ta atom suvosti kemasiga ega.