Tramp AQShning Erondagi yadro ob’ektlariga hujum qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi urushga qo‘shilish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Axios manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning aytishicha, AQSh harbiy kuchlari Eronning yadro ob’ektlariga, jumladan Fordodagi yer ostida joylashgan uran boyitish zavodiga hujum qilishi mumkin.