Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainaning tinchlik rejasi ustida astoydil harakat qilishda davom etmoqda

AQSh Ukrainaning tinchlik rejasi ustida astoydil harakat qilishda davom etmoqda

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va davlat kotibi Marko Rubio Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatish rejasi ustida ishlashda davom etmoqda.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Uitkoff va Rubio so‘nggi bir oy davomida Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi tinchlik kelishuvi ustida ish olib borishgan va har ikki tomonni mustahkam tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi pozisiyalarini aniqlashtirish uchun muzokaralar olib borishgan.

"Qo‘shma Shtatlar yangi tinchlik rejasini ishlab chiqishda Rossiya va Ukraina bilan teng ravishda ishtirok etdi. Ukrainadagi urush, ba’zi shubhalarga qaramay, hal qilinadi", - deya ta’kidladi Levitt.

Uning ta’kidlashicha, armiya kotibi Den Driskoll Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan kechagi uchrashuvdan so‘ng optimizm bildirdi. Oq uy matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Vashington reja har ikki tomon uchun maqbul bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 10:15 21.11.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!