Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainaning dronlar ishlab chiqarishiga maxfiy ravishda 1,5 milliard dollar sarmoya kiritgan — The New York Times

A A A
AQSh Ukrainaning dronlar ishlab chiqarishiga maxfiy ravishda 1,5 milliard dollar sarmoya kiritgan — The New York Times

"Bu haqda Bayden ma’muriyati Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam haqidagi so‘nggi hujjatlarni oshkor qilgan paytda ma’lum bo‘ldi", deb yozadi nashr.

Qo‘shma Shtatlar mablag‘larni dron ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun ehtiyot qismlar sotib olishga yo‘naltirgan. Shuningdek, AQSh ukrain harbiylariga dron ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqishda yordam berish uchun Amerika razvedkasi xodimlarini Ukrainaga yuborgan.

Qayd etilishicha, Vashingtonning qo‘llab-quvvatlashi tufayli Ukraina o‘z hududida yangi avlod dronlarini ishlab chiqarishni boshlashga va uni kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bu yordam urushning borishiga "haqiqiy strategik ta’sir" ko‘rsatganini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:10 18.01.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!