AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatmaganini ma’lum qildi.
RIA Novosti xabar berishicha, amerikalik diplomat bu haqda O‘zbekistonda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida gapirgan.
Rubiodan Kiyevga razvedka ma’lumotlarini uzatishda tanaffus bo‘lgan-bo‘lmagani so‘ralgan.
"Hech qanday tanaffus bo‘lmagan", — deya javob bergan AQSh davlat kotibi.