AQSh Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar sabab Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi.
AQSh ma’muriyati Ukrainadan Rossiyaning energetika infratuzilmasi va neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishni to‘xtatishni talab qilmoqda. Aks holda, Vashington Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini uzatish va qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Xususan, Ukraina NATOning PURL dasturidan chiqarilishi mumkinligi aytilmoqda. Ushbu dastur doirasida Yevropaning ittifoqchi davlatlari Kiyev uchun AQShda ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni sotib oladi.
AQSh ma’muriyati o‘z pozisiyasini yetkazish maqsadida bir qator Yevropa davlatlari poytaxtlari va Ukrainaning harbiy maslahatchisi Pavel Palisa bilan bog‘langan.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Vashingtonning bu harakatlari Yevropa ittifoqchilari orasida xavotir uyg‘otgan.
Shu bilan birga, PURL dasturi NATO tomonidan muvofiqlashtirilsa-da, uning doirasida qurol sotib olish uchun AQShning o‘zi mablag‘ ajratmaydi.
Oq uy esa qurol yetkazib berish to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.