Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainaga 20 milliard dollarlik yordam yuborishni rejalashtirmoqda

AQSh Ukrainaga 20 milliard dollarlik yordam yuborishni rejalashtirmoqda

Qo‘shma Shtatlar Moliya vaziri Janet Yellenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington G7 davlatlari tomonidan Ukrainaga berilishi rejalashtirilgan 50 milliard dollarlik moliyaviy yordam paketiga 20 milliard dollar (taxminan 18,5 milliard yevro) hissa qo‘shishi kutilmoqda. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda.

Bu Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratish bo‘yicha “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan iyun oyida erishilgan kelishuvga ishora qiladi.

Yellenning ta’kidlashicha, AQShning Kiyevga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish haqidagi qarori "99% qabul qilingan".

Avvalroq Yevroparlament Yevropa Komissiyasining Ukraina bilan kredit hamkorlik mexanizmini yaratish bo‘yicha taklifini ma’qullagan edi. Bu esa Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromaddan foydalangan holda G7 davlatlaridan ajratiluvchi 45 milliard yevro miqdoridagi kreditga xizmat ko‘rsatish va to‘lash imkonini beradi.

Kiritildi: 09:55 23.10.2024. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!