Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Ukrainadagi urushni qishgacha tugatish yo‘llarini muhokama qildi

AQSh Ukrainadagi urushni qishgacha tugatish yo‘llarini muhokama qildi

AQSh Ukraina, Yevropa va NATO vakillari bilan Ukrainadagi mojaroni qish boshlangunga qadar hal etish yo‘llarini muhokama qildi.

Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ma’lum qildi.

Uchrashuv Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH, "Evropa uchligi" mamlakatlari, Yevropa komissiyasi, Ukraina va NATO vakillari ishtirok etdi.

Uitkoff X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tganini bildirdi.

"Rossiya bilan urushni qish boshlangunga qadar keskinlikni pasaytirish va yakunlashning ehtimoliy yo‘llarini izlash bo‘yicha konstruktiv muhokamalar o‘tkazildi", — deyiladi uning xabarida.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!