Gazeta o‘zining jurnalistik surishtiruvi natijasida Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urushga avval taxmin qilinganidan ancha oldin va chuqurroq aralashganini qayd etdi.
Nashrning yozishicha, hozirda urushda muhim burilish nuqtasi yuz berdi. Donald Tramp jang harakatlarini to‘xtatishni talab qilmoqda va Vladimir Putin bilan yaqinlashish yo‘llarini izlamoqda. Biroq AQSh so‘nggi uch yil davomida Kiyevga razvedka, strategiya, rejalashtirish va texnologiyalar sohasida yordam ko‘rsatgan, bu haqda faqat tor doiradagi kishilargina xabardor bo‘lgan.
The New York Times'ning qayd etishicha, Germaniyaning Visbaden shahridagi AQSh harbiy bazasi Ukraina Qurolli Kuchlarini Rossiya hududidagi rus qo‘shinlarining joylashuv koordinatalari bilan ta’minlagan. Nashr talqiniga ko‘ra, Task Force Dragon operasiyasining maqsadi Rossiyaning tirik kuch va qurol-yarog‘ bo‘yicha ulkan ustunligini muvozanatlash edi.
"Bayden ma’muriyatining “qizil chiziqlari” muntazam ravishda o‘zgarib borgan. Vashington mojaroning boshidan beri unda bevosita ishtirok etmasligini ta’kidlab kelgan bo‘lsa-da, ma’lum bir paytda o‘nlab amerikalik harbiy maslahatchilar Kiyevda bo‘lgan", deyiladi maqolada.