Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainadagi mojaroga yakun yasash niyatida — Marko Rubio

AQSh Ukrainadagi mojaroga yakun yasash niyatida — Marko Rubio

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralarida vositachi sifatida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida tomonlar qaytadan muloqotni boshlaydigan bosqichga yetishiga umid qilinmoqda.

«Biz vositachi rolini bajarishga va bu ishni oxirigacha yetkazishga tayyormiz», — deb yozdi Rubio ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq u Vashington faqat haqiqiy natija va taraqqiyot kuzatilgan taqdirdagina Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishini aytgan edi.

«Natija bermaydigan jarayonlarga vaqt va kuch sarflashni istamaymiz», — dedi AQSh diplomatiyasi rahbari.

Kiritildi: 21:11 14.05.2026. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!