Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukraina va Rossiya bilan Qora dengizda tijorat kemalariga qarshi kuch ishlatmaslik bo‘yicha kelishuvga erishdi

 AQSh Ukraina va Rossiya bilan Qora dengizda tijorat kemalariga qarshi kuch ishlatmaslik bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Ukraina va Rossiya bilan Qora dengizda tijorat kemalariga qarshi kuch ishlatmaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.

"Oq uy bu haqda Oq uy Ar-Riyodda Ukraina delegasiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng bayonot berdi", deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Oq uyning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar xuddi shu masala bo‘yicha Rossiya bilan ham Ar-Riyoddagi muzokaralarda kelishuvga erishgan.

"AQSh Ukraina va Rossiya bilan tijorat kemalarining xavfsiz harakatini ta’minlash, kuch ishlatishdan voz kechish hamda tijorat kemalarining harbiy maqsadlarda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida kelishuvga erishdi", deyiladi Oq uy bayonotida.

Bundan tashqari, Vashington Kiyev va Moskva bilan Rossiya va Ukrainadagi energetika infratuzilmalariga zarbalarni to‘xtatish g‘oyasini amalga oshirish ustida ishlashga kelishib oldi.

Oq uyning qovshimcha qilishicha, AQSH, shuningdek, Rossiyaning qishloq xo‘jalik mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozoriga eksport qilish imkoniyatini tiklashga yordam beradi.

Kiritildi: 21:14 25.03.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!