Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukraina inqirozi sababi haqida fikr bildirdi

AQSh Ukraina inqirozi sababi haqida fikr bildirdi

AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan Ukraina inqirozini keltirib chiqargan asosiy sabablarni bartaraf qilish bo‘yicha ilgari surilgan taklifni ma’qullamadi.

– Yevropada hech kim Rossiyaga tahdid qilmayapti, – ta’kidladi u. – Biror harbiy xatar yo‘q, hech bir davlat Rossiya hududi yoki yerini tortib olish niyatida emas. Rossiya amalda o‘z chegarasida nammoyon bo‘layotgan demokratiyani o‘ziga tahdid sifatida qabul qilmoqda. Shundan kelib chiqib, Vashington Moskva nuqtai-nazarini inkor etadi, diplomatiya yo‘li bilan adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun Kiyev bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

Seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida Sergey Lavrov Yevropa inqirozini hal qilish muammoning ilk sabablarini bartaraf qilish bilan davom ettirilishi kerak, ya’ni Rossiyaga Yevropadan kelayotgan xavfni olib tashlash uchun aniq qadamlar qo‘yilishi kerak, deya bayonot bergandi. Shuningdek, u RF Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartlarini ma’lum qilganini ham eslatib o‘tgan.

Kiritildi: 13:02 17.07.2024. O'qildi: 6765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!