Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan noyob tuproqli metallar bo‘yicha shartnomada yangi shartlarni, jumladan, Ukraina atom elektr stansiyalari ustidan nazoratni qo‘lga kiritishni talab qilmoqda.
Bu haqda Ukrainadagi manbalarga tayanib, Financial Times (FT) yozmoqda.
"AQSh ma’muriyati Ukrainaning asosiy mineral-energetika aktivlariga kirish uchun yangi shartlarga erishmoqchi. Vashington Kiyevdan umumiy investisiya fondiga kim egalik qilishini va uni kim nazorat qilishini batafsil ko‘rsatishga intilmoqda. Shu bilan birga, u boshqa iqtisodiy aktivlar, jumladan, Ukraina atom elektr stansiyalari ustidan nazorat AQShga berilishini ham istisno etmaydi" - deb yozadi gazeta.