AQShning uchinchi samolyot tashuvchisi "Jorj Bush" Eronga qarshi ehtimoliy jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Yaqin Sharqqa jo‘natilishga tayyorlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, aviatashuvchi Atlantika okeanini kesib o‘tishga tayyor holatga keltirilgan. Kema Shimoliy Karolina shtatidagi Xatteras burni atrofida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarni yakunlagan.
Teleradiokanal ma’lumotlariga ko‘ra, aviatashuvchi yaqin kunlarda yo‘lga chiqishi mumkin. Uning O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga yo‘l olishi kutilmoqda.