Bu haqda Newsweek ma’lum qildi.
"Vashington yadroviy jangovar kallakka ega bo‘lishi ehtimoli mavjud Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinov tariqasida uchirishni rejalashtirmoqda. Uchirish Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan amalga oshirilib, Ronald Reygan nomidagi raketaga qarshi mudofaa poligoni joylashgan Kvajaleyn atolli tomonga yo‘naltiriladi", deya yozmoqda nashr.
Uchirish trayektoriyasi may oyidagi sinov bilan bir xil bo‘lib, o‘sha paytda jangovar kallaksiz raketa Tinch okeani ustidan taxminan 6,7 ming kilometr masofani bosib o‘tgan edi.