Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Tramp vertolyotining parvozi paytida xavfsizlik qoidalarini buzish holatlarini tekshirmoqda

AQSh Tramp vertolyotining parvozi paytida xavfsizlik qoidalarini buzish holatlarini tekshirmoqda

AQSh Federal aviasiya ma’muriyati Prezident Donald Trampning vertolyoti Oq uy hududidan jo‘nab ketish paytida xavfsizlik qoidalarini buzish holatlarini tekshirmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, amaldagi qoidalarga ko‘ra, prezident vertolyoti jo‘nab ketish vaqtida Ronald Reygan aeroportidan tijorat reyslari vaqtincha to‘xtatilishi kerak edi. Bundan tashqari, fuqarolik samolyotlariga vertolyotga 1,5 mil (taxminan 2,5 kilometr) yaqinlashish taqiqlangan. Biroq, bu talablar bajarilmagan.

Shu bilan birga, The Wall Street Journal (WSJ) ta’kidlaganidek, fuqarolik samolyotlari parvoz paytida Trampni olib ketayotgan vertolyotdan xavfli masofada bo‘lmagan.

Kiritildi: 11:50 05.08.2026. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!