AQSh Tinch okeanida giyohvand moddalar olib ketayotgan kemaga zarba berdi, bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
AQSh Janubiy qo‘mondonligi 22 dekabr kuni Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan kemaga zarba berganini ma’lum qildi, deb yozadi agentlik.
Harbiylar bayonotida aytilishicha, razvedka ushbu kema sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar savdosi uchun ommabop bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanganini va narkotiklarni tashish amaliyotida ishtirok etganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, Janubiy qo‘mondonlik kemaning haqiqatan ham kontrabanda bilan shug‘ullanganini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmadi.
Associated Press'ning qayd etishicha, sentyabr boshidan buyon AQSh tomonidan amalga oshirilgan 29 ta shunday zarba oqibatida kamida 105 kishi halok bo‘lgan.