Donald Tramp tomonidan tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, terrorchilar Yevropa chegaralarining zaifligi va kontrterrorizm sohasidagi resurslarning kamayishidan foydalanib, Yevropani yevropaliklar va amerikaliklarga qarshi hujumlarni rejalashtirish uchun qulay muhitga aylantirmoqda. Strategiyada ko‘rsatilishicha, terrorchilar Yevropaga kirib olish kanali sifatida nazorat qilinmaydigan ommaviy migrasiyadan foydalanishyapti.
Hujjat mualliflarining ta’kidlashicha, agar Yevropa "tahdid realligini tan olsa va harakat qilishni boshlasa", vaziyatni o‘zgartirish uchun hali imkoniyati bor.
Evropa mamlakatlariga kontrterrorizm sohasidagi sa’y-harakatlarni zudlik bilan kuchaytirish, shuningdek, "so‘z erkinligining an’anaviy tamoyillarini tiklash" va "islomizm muammosini ochiq muhokama qilish" taklif etilmoqda.