Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Tayvan yaqinidagi Yaponiya oroliga ilk bor NMESIS raketalarini joylashtiradi

AQSh Tayvan yaqinidagi Yaponiya oroliga ilk bor NMESIS raketalarini joylashtiradi

AQSh harbiylari Yaponiya bilan o‘tkaziladigan yirik qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida ilk bor Tayvan yaqinidagi Yonaguni oroliga zamonaviy NMESIS kemalarga qarshi raketa majmuasini joylashtiradi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, majmua 19-29 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Keen Sword" mashg‘ulotlari davomida Yonaguniga olib kelinadi. Yaponiya harbiylari ham orolga o‘zining kemalarga qarshi va havo hujumidan mudofaa raketa majmualarini joylashtirishi mumkin.

Yonaguni Tayvandan taxminan 110 kilometr sharqda joylashgan bo‘lib, Yaponiyaning Tayvanga eng yaqin hududi hisoblanadi. NMESIS majmuasining zarba berish masofasi taxminan 185 kilometrni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:54 02.10.2026. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!