Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Ta’lim vazirligi Harvardni $2,2 mlrd.lik grantlardan mahrum qildi

AQSh Ta’lim vazirligi Harvardni $2,2 mlrd.lik grantlardan mahrum qildi

Vazirlik xabar berishicha, antisemitizmga qarshi maxsus qo‘shma bo‘lim Harvard universitetiga ajratilgan $2,2 mlrd.lik ko‘p yillik grantlar va $60 mln.lik shartnomalarni muzlatgan.

Avvalroq AQSh hukumati universitetning $9 mlrd.lik davlat mablag‘larini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu holat Harvardda ta’lim va ilmiy dasturlarni qisqartirishga olib kelishi mumkin.

OAVga ko‘ra, Tramp ma’muriyati moddiy yordam evaziga universitet oldiga qator talablar qo‘ygan, jumladan, DEI (turlilik, tenglik va inklyuzivlik) dasturidan voz kechish.

Bunga javoban Harvard quyidagicha bayonot berdi: “Hech qanday partiya hukumati xususiy universitetga nimani o‘qitish, kimni qabul qilish yoki ishga olishni buyura olmaydi”.

Kiritildi: 12:12 15.04.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!